Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 mart 2018 y.    16:36

2018 yilning 15 mart kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar ishtirokida “Talabgorligi yuqori bo’lgan davlat xizmatlarini baholash metodikasi hamda ushbu metodika asosida o’tkazilgan baholash jarayoniga tushunchalar berish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda 2018 yil Uzinfocom yagona integratori tomonidan yaratilgan https://gu.nis.uz tizimining ishlash jarayoni tushuntirildi. Bu tizim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi 728-son qarori talablarini ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida yaratilgan.

Joriy yilning fevral oyida ushbu tizimga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarga asosan Markaz tomonidan davlat xizmatlarining talabgorligini baholash jarayoni amalga oshirilgan.

Bo’lib o’tgan seminar baholash natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, unda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi 40 dan ortiq tashkilotlar ishtirok etishdi. Seminarda baholash jarayonidagi xato va kamchiliklar ko’rsatilib, tizimning qanday ishlashi batafsil tushuntirib berildi.

Yig‘ilish so‘ngida seminar tashkilotchilari qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan baholash jarayoni va metodika yuzasidan bir qator fikr va mulohazalarini bildirildi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech