Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
03 iyul 2018 y.    18:50
2018 yilning 3 iyulida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida "TEOCO Corporation" kompaniya prezidenti janob Filip Guitini va vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida Markaz rahbariyati mehmonlarga yurtimizda elektron hukumatni rivojlantirish bo’yicha o’tkazilayotgan reformalar, shuningdek shu sohada erilshilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berib o’tdi. 

Yig'ilishda vakillar kompaniyaning aqlli shahar, havfsiz shahar, IoT (Internet of things) texnologiyasini rivojlantirish   va ma’lumotlar taxlili bo'yicha mavjud dasturiy ta'minotlari haqida taqdimot o’tkazishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o’zlarini qiziqtirgan masalalarni muhokama qilishdi va kelgusida aqlli shahar texnologiyalarini rivojlantirishda uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyorliklarini bildirishdi.

Ma’lumot uchun: «TEOCO» kompaniyasi 20 yildan buyon OSS dasturiy ta’minoti, monitoring uskunalari va xizmatlar ko'rsatish liniyasini rivojlantirish bo’yicha faoliyat olib boradi, tarmoqlarni optimizatsiya qilish, rivojlantirish, nazorat qilish hamda xarajatlar va rentabellikni tahlil qilish bo’yicha yechimlarini taklif qiladi.


Axborot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech