Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 iyun 2017 y.    16:53
043c97ea-918a-42eb-b4dc-98d701559252.jpg

2017-yil 15-iyundaElektron hukumattizimini rivojlantirish markazida davlat boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagiHaftalik kollegial seminarotkazildi.

Mazkur seminarda davlat boshqaruv organlarining AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi. Unda Tashqi ishlar vazirligining “Aloqani ta’minlash, kompyuter tizimlari va internet tarmog’i boshqarma”si boshlig’i vazifasini bajaruvchi A. Do’simovning "O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi tizimida Elektron davlat xizmatlarini joriy etish holati" mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

  Shuningdek, tadbirda “Elektron hukumat” markazi mutaxassisi Z.Karimberganov “Tashqi ishlar vazirligida AKT joriy qilish va rivojlantirish holati” mavzusida yig'ilganlarga ma'lumot berdi. Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, bunda seminar ishtirokchilari qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Matbuot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech