Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 mart 2018 y.    14:52

18-19 mart kunlari Navro‘z bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

"Elektron hukumat" markazi xodimlari ham mazkur hasharda faol ishtirok etishmoqda. Hashar doirasida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek bino atrofini tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

IMG_8975.JPG

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 23 fevralidagi "2018 yilda Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va nishonlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq joylarda Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olish va nishonlash uchun alohida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

IMG_8971.JPG

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 martdagi qaroriga muvofiq joriy yilning mart va aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi deb e’lon qilindi hamda 18-19-mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi.

 

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech