Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 fevral 2018 y.    16:22

15 fevral kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNISEF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan kozlangan maqsad yangi ishlab chiqilayotgan Ozbekistonda ijtimoiy himoya Yagona reyestri Konsepsiyasini muhokama qilishdan iborat.

Uchrashuvda Markaz tomonidan nafaqat muhtojlarga moliyaviy yordam korsatish bilan bir qatorda kelgusida ularni moddiy jihatdan mustaqil bolishga imkon beradigan tizimni yaratish takliflari berildi.

Shuningdek, ishlab chiqilayotgan Yagona reyestr soliq, milliy identifikatsiya bazasi, nogironlik haqidagi malumotlar bazalari, ijtimoiy nafaqalar kabi boshqa bir malumotlar bazalari bilan benefitsiarlarni royxatdan otkazish va saralash uchun aniq bir dasturlar boyicha malumotlarni bazaga uzatish uchun boglangan bolishi lozimligi takidlandi. Mazkur ma’lumotlar bazalari barcha davlat tashkilotlari uchun mavjud bo‘lishi va ma’lumotlar bir marta kiritilishi kerak.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Shu bilan birga, Markaz vakillari mazkur dasturni amalga oshirishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

 

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech