Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 dekabr 2016 y.    15:10

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tadbirda
2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Ushbu yil nomi ostida amalga oshirilishi rejalashtirilgan keng koʻlamli islohotlarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini e’tirof etgan holda, «Elektron hukumat» markazi mustahkam ishonch va shaffoflikka asoslangan “Xalq bilan muloqot” oʻrnatish borasidagi  xorij tajribasini oʻrganishga kirishdi.

Aynan shu maqsadda 2016 yil 13 dekabr kuni «Elektron hukumat» markazida Koreya Respublikasining Antikorrupsiya va fuqarolar huquqlarini himoya qilish komissiyasining “E-People” (E-fuqaro) boʻlimi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar Koreyaning www.epeople.go.kr (onlayn ariza, shikoyat va takliflar) portali va Oʻzbekistonning Bosh vazir virtual qabulxonasi pm.gov.uz borasida oʻzaro tajriba almashdilar. Shuningdek, Koreyalik mutaxassislar tomonidan www.epeople.go.kr portaliga doir taqdimot oʻtkazilib, mazkur portalning imkoniyat va afzalliklari borasida xorijlik mutaxassislarning fikri va yondoshuvi tinglandi.

 

Matbuot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech