Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 iyun 2017 y.    15:18
2017 yilning 13 iyunida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda BMTTD bilan hamkorlikdagi “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: 2-bosqich” loyiha faoliyati yuzasidan xalqaro mustaqil baholash faoliyatini olib boruvchi xalqaro maslahatchi Olga Moreva (RF) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

IMG_3923.JPG
Uchrashuv jarayonida BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: 2-bosqich” hamda “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” kabi ikki loyihasiga oid masalalar muhokama qilindi, shuningdek, hududiy axborotlashtirish, ochiq ma’lumotlar sohasi borasida mulohaza almashinib, kelajakda samarali hamkorlik olib borishning yo‘nalishlari belgilab olindi.

IMG_3920.JPG

Uchrashuv so‘ngida tomonlar BMTTDning loyihalarini baholash borasida hamkorlik olib borishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Matbuot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech