Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 iyun 2017 y.    09:07
2017-yilning 14-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish: xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi islohotlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

IMG_4009.JPG

Tadbirda ishtirok etganlar davlat va mahalliy hokimiyati organlarining shaffofligini ta’minlash, jahon tajribasida ushbu jarayonda qo‘llanilayotgan uslub va vositalar xususida fikr almashishdi.

IMG_4050.JPG

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining departament boshlig‘i Shavkat Jo‘rayevning “AKT va “Elektron hukumat” tizimini kelajakda rivojlanishining hududlardagi istiqboli” hamda BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” dasturining menejeri Bunyod Avliyoqulovning “Davlat xizmatlarini transformatsiyalashtirishda Buyuk Britaniya tajribasi” ma’ruza-taqdimotlari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.Shavkat Jo'ravevning ma'ruzasi konferensiyaning "Joylardagi davlat hokimiyati organlarining faoliyatida shaffoflikni oshirish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish" uchinchi sho'basidagi "Eng dolzarb hamda mazmunan yuqori saviyali ma'ruza" deb e'tirof etildi.

IMG_3996.JPG

Matbuot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech