Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
09 yanvar 2018 y.    12:30

YDIXP portalida (my2.gov.uz) yuridik va jismoniy shaxslarga soliq organlariga bormasdan soliq qarzlari va boshqa majburiy to’lovlar yo’qligi to’g’risida mustaqil ravishda elektron hujjat yaratish va chop etish imkoniyati berildi.

01-768x392.jpg

Mazkur onlayn xizmat o’z noyob raqamiga ega va har qanday talabga javob berishi mumkin. Ma’lumotnoma berilgan organning to’g’ridan-to’g’ri soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan taqdim etilgan ma’lumot to’g’ri ekanini tekshirish imkoni mavjud.

Jismoniy shaxslar uchun:

Mol-mulkka ega bo’lgan shaxslar ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin, soliq qarzlari va boshqa majburiy to’lovlar yo’qligi to’g’risidagi elektron ma’lumotnomaga ega bo’ladilar va chop etadilar.

Bu qanday ishlaydi?!

Jismoniy shaxs sifatida YIDXP (my2.gov.uz) portalidan ro’yxatdan o’tiladi va “Xizmatlar” bo’limiga o’tiladi.

1-1-768x423.jpg

“Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzdorligi yo’qligi to’g’risida” xizmati tanlanadi.

2-768x323.jpg

Agar jismoniy shaxsning mol-mulki bo’lmasa, u soliq qarzlari va boshqa majburiy to’lovlar yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotni olish imkoniga ega bo’lmaydi.

Yuridik shaxslar uchun:

Yuridik shaxs sifatida portalda avtorizatsiyadan o’tgan holda “Xizmatlar” bo’limiga o’tiladi va “Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzdorligi yo’qligi to’g’risida” xizmatini tanlanadi.

3-626x600.jpg

Ushbu xizmat yuridik shaxslarga soliq qarzdorligi va boshqa majburiy to’lovlar yo’qligi to’g’risida ma’lumotnoma olish imkonini beradi.

 


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech