Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 iyun 2017 y.    11:05

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida 2017-yil 27-iyunda xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

50bf7d3b-9e77-4c36-8c48-8cf1e479b4a8.jpg

Mazkur seminarda xo‘jalik boshqaruv organlarining AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi. Unda "Kamolot" Yoshlar ijtiomoiy harakati AKT bo'limi bosh mutaxassisi Doston Baratovning tashkilotda  AKTni joriy etish va rivojlantirish"  mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, tadbirda   "Kamolot" yoshlar ijtiomoiy harakatida   "Elektron hukumat" tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan markaz mutaxassisi Shahzod Ermatov batafsil ma’lumot berdi.

d5169ae2-3c5b-4989-8392-c5da3df2348f.jpg

Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalarga oid qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, unda seminar ishtirokchilari tomonidan qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Eslatib o’tamiz, tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad, davlat muassasalarining ish jarayonida o’zaro tajriba almashishlarini yo’lga qo’yishdan iborat. Seminar keng jamoatchilikka mo’ljallangan bo’lib, unda OAV vakillari ham qatnashsa bo’ladi.

Matbuot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech