Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 fevral 2018 y.    10:48

2018 yil 14 fevralda "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazida "Zyxel" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvning maqsadi ikki tomonning birgalikdagi ishida kelgusi tendensiyalarni muhokama qilishdan iborat.

Uchrashuv davomida "Zyxel" kompaniyasining savdo bo'yicha menejeri Evgeniy Velichko va mahsulotlar bo’yicha menejeri Denis Tyapaevlar kompaniyaning asosiy mahsulotlari haqida ma’lumot berdilar.

"Zyxel" kompaniyasining vakillari Markaz mutaxassislarini qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.

Ma'lumot uchun: Zyxel Communications Corp. ("zayksel" deb talaffuz etiladi) – 1989 yilda tashkil etilgan, Tayvanning Internet texnologiyalar asosida tarmoq yechimlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan biri.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech