Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Электрон ҳукумат” тизими: қулай ва шаффоф

04 yanvar 2017 y.    15:28
Сўнгги 3 йил мобайнида мамлакатимизда “Электрон ҳукумат” тизимини жорий этиш ва ривожлантириш ишлари жадал суратлар билан олиб борилмоқда. Бу муддат оралиғида соҳада амалга оширилган ишлар, турли хилдаги йирик лойиҳалар, ўтказилган тадбирлар ва инновацион ечимлар ўз самарасини бермоқда.
Жумладан, глобал рейтинглар орасида энг нуфузли бўлган Бирлашган миллатлар ташкилоти томонидан ҳар икки йилда бир маротабда ўтказиб келинадиган электрон ҳукумат тизимини ривожланиш даражасини баҳоловчи рейтинг натижаларига кўра жорий йилда Ўзбекистон 20 поғона юқорига кўтарилди. Мазкур ютуқ Республикамиз миқёсида “Электрон ҳукумат” тизимини жорий этиш ва ривожлантиришда олиб борилаётган барча саъй ҳаракатларнинг бесамар кетмаганидан далолатдир.

“Regulation.gov.uz” portalining xususiy tadbirkorlikka taalluqli ma’muriy yuklarni qisqartirishdagi ahamiyati

27 oktyabr 2015 y.    17:10
O‘zbekistonda biznesga taalluqli moliyaviy yukni izchil kamaytirish maqsadida davlat tomonidan olib borilayotgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan davrda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ijrosi etilishi bilan bog’liq bo’lgan bir qator tartibotlar va rasmiyatchilklar sabab tadbirkorlar uchun ma’muriy yuk hanuzgacha saqlanib turibdi. Bunday vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo’layotgan omillardan biri, bu qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning oqimining kamaymayotganidir.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik bazasining (Lex.uz) statistik ko‘rsatgichlariga ko‘ra, har yili mamlakatimizda o‘rtacha 700 dan 1200 ga yaqin  me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi, ularning 30 % - 40 % tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 2005-yildan 2014-yilgacha har yili qabul qilinadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar soni ikki barobarga o‘sgan bo’lsa, vazirlik va idoralarning me’yoriy-huquqiy hujjatlari soni ham ikki marotabaga, hukumat qarorlari soni esa 1,4 barobarga oshgan.

Ochiq ma’lumotlar portali- davlat organlari faoliyati shaffofligining ko’zgusi

16 oktyabr 2015 y.    12:02
Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanashuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan. Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarini ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir. Ochiq ma'lumotlarning e'lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta'minlanadi. Davlat organlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar va axborotlarni ochiq ma'lumotlar ko'rinishida e'lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin. Internet tarmog'ida keyinchalik ochiq ma'lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ishga tushirilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Portal O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritmoqda. Ochiq ma’lumotlar portali yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida "Elektron hukumat" tizimining axborot resurslarini rivojlantirish departamenti boshlig’i Shodmonov Zuhriddin Zokirxo’jayevichga murojaat qildik.

Davlat saytlarining takomillashuvi fuqarolarga qulaylik yaratadi

30 iyul 2015 y.    13:49
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013- yil 31- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 355-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi ekspertlari tomonidan har chorakda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holati tahlil qilinib, reytingli baholash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning II choragi mobaynida 115 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jumladan 56 ta davlat boshqaruvi organlari, 45 ta davlat xo‘jalik boshqaruvi organlari, 14 mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati baholandi va natijalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. O‘tkazilgan monitoring yuzasidan AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti Rasulov Murod Mahmudjonovichga bir qancha savollar bilan murojaat qildik.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish sharoitlarida idoralararo hamkorlikni rivojlantirish

27 iyul 2015 y.    12:30
Zamonaviy axborotlashgan jamiyatda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish davlat boshqaruvini aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining tilak va ehtiyojlariga mosligini ta’minlash yo‘nalishida zarur shartlaridan biridir. Bugungi kunda O‘zbekiston “Elektron hukumat” tizimi doirasida davlat organlari faoliyatini samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha keng qamrovli ishlar qilinmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot-texnologiyalari infrastrukturasining zamonaviy bazasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari muvaffaqiyatli va jadallik bilan o‘z yechimini topmoqda. Barcha davlat organlarida Internet tarmog‘iga ulangan avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlari yaratilmoqda.

Ina Gudeli: Axborot insonni emas, inson axborotni boshqarishi kerak

16 iyul 2015 y.    15:05
Poytaxtimizda yaqindagina o‘tkazilgan “Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda axborot kompyuter texnologiyalarining vazifasi” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro davra suhbatida Latviya Respublikasining Elektron hukumat tizimini rivojlantirish vazirligining sobiq vaziri Ina Gudeli xonim ham qatnashdi. Fursatdan foydalanib biz ular bilan elektron hukumat, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati, qadriyatlar, ayol va uning jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risida suhbatlashdik. Ina Gudeli Lattelecom yirik aloqa operatori loyihalarining rahbari bo‘lib o‘n yil davomida ishlagan. Avval Elektron hukumat tizimini rivojlantirish vazirligi devonxonasida devonxona rahbari, so‘ng ushbu tizimda vazir lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozir E-biznes dasturining direktori, Biznes ma’muriyati va Riga Oliy iqtisod maktabining rahbari.

- Ayol zimmangizda Latviya Respublikasi Elektron hukumat tizimini rivojlantirish vaziri lavozimini ancha yillar boshqarib keldingiz. Suhbatlarimizning birida elektron hukumat tizimini hayotga joriy etishda “qora sochlar oqardi” (bryunetka edim, ushbu vazifani bajarishda blondinkaga aylandim) hazilomuz iborasini ishlatdingiz. Bugungi kunda Latviya Respublikasi BMTning har ikki yilda elektron hukumat tizimini rivojlantirish reytingida 31-o‘rinni egallab turibdi. Vazirlik vazifasini bajarishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz?
Новости 1 - 6 of 8
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech