Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish

Hududlarda “Yagona oyna” markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish

19 oktyabr 2015 y.    13:14
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq hukumatimiz tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Mazkur sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida ular jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchiga aylanmoqda. Ayniqsa, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun shart-sharoitlar yaratishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.  Mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini yangicha usulda, axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ko‘rsatish hamda bu orqali davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga eng muhim ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

Yagona portal – davlat xizmatlaridan qulay foydalanish internet sarhadi

14 oktyabr 2015 y.    18:19
Kundalik ish yoki turmush taqozosi bilan turli xizmat ko‘rsatish shahobchalari yoki davlat idoralariga ishimiz tushadi. Bu yerda esa aksariyat vaqt navbat kutish yoki qog‘oz to‘ldirish bilan o‘tadi. Odatda birinchi tashrif jarayoni ma’lumot olish va savollarimizga oydinlik kiritishdan iborat. Ishni bitirish uchun yana alohida vaqt ajratish zarur bo‘ladi. Bugungi tezkor zamonda esa vaqt juda ham oz. Yangi asr axborot texnologiyalari insonga ko‘chaga chiqmasdan turib jamiyatning turli jabhalari uchun qo‘l telefoni yordamida to‘lovni amalga oshirish. Bank xizmatlaridan foydalanish imkonini bermoqda. Bu qulayliklarni umumiy qilib davlat boshqaruvini yangicha usulda amalga oshirish - “elektron hukumat” tizimi deb jahonda e’tirof qilinmoqda. Bugungi kunda elektron murojaatlarimizning e’tibordan chetda qolmasligiga kafolat bormi? Bu yil “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi asosida elektron hukumat tizimi doirasida qanday ishlar amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bir qancha savollarga quyida javob topishga harakat qildik.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qonun himoyasida

06 oktyabr 2015 y.    11:43
Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida iqtisodiyotimizda xususiy sektorning roli tobora ortib bormoqda. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, 2014- yil yakunlari ko‘ra O‘zbekiston biznesni yuritish sharoiti bo‘yicha dunyoda olib borilgan reytingda 8 pog‘onaga, soliqqa tortish borasida esa 61 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining bahosiga ko‘ra, mamlakatimiz ushbu yillarda biznes yuritishni yengillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar bo‘yicha yetakchi o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi.

Toshkent shahar hokimiyatida AKT bo'yicha qilingan ishlar sarhisobi

21 sentyabr 2015 y.    15:49
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston hududida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini shiddat bilan rivojlanishi va “elektron hukumat” tizimini joriy etish, shu bilan birgalikda hayotga tatbiq etish ishlari jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanilishi mamlakatda iqtisodiyotning o‘sishi hamda ijtimoiy muammolarni hal etilishiga umid bog‘lamoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bugungi kunda ilm-fanning taraqqiy topishiga, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida o‘sishni hamda davlat organlari ish faoliyati samarasini oshishi va ularning jamiyat bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi.
Bu borada Toshkent shahar hokimiyati tomonidan olib borilayotgan ishlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, sezilarli o‘zgarish va yutuqlarga erishilayotgani quvonarli hol, albatta

2015- yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

30 iyul 2015 y.    12:01
2015-yilning 27- iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining 2015- yilning I yarim yilligida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari yig’ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib borishdi.

Yagona portalda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga oid loyihalar tahlili

03 iyul 2015 y.    10:56
Har qanday mamlakat aholisining yashash, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi, madaniy va ma’rifiy salohiyatini belgilovchi omillardan biri ularning sifatli mahsulotga bo‘lgan talabi va xarid qilish imkoniyati bilan belgilanadi. Internet tarmog‘ining rivojlanishi, banklar tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlari xaridorligi ta’minlanmoqda. Mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi tushumlar oshishiga olib keladi.  O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi
Новости 1 - 6 of 32
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech