Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Koreyada «Government 3.0» 2016 xalqaro forumi o‘tkazilmoqda

10 noyabr 2016 y.    16:01
9-10 noyabr kunlari Janubiy Koreyada «Government 3.0» 2016 global forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbir belgilandi

09 iyun 2016 y.    16:39
"Elektron hukumat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini amalda tatbiq etish doirasida 2016 yilning 2 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hududlarda “Yagona oyna” markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish

19 oktyabr 2015 y.    13:14
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq hukumatimiz tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Mazkur sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida ular jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchiga aylanmoqda. Ayniqsa, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun shart-sharoitlar yaratishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.  Mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini yangicha usulda, axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ko‘rsatish hamda bu orqali davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga eng muhim ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

Yagona portal – davlat xizmatlaridan qulay foydalanish internet sarhadi

14 oktyabr 2015 y.    18:19
Kundalik ish yoki turmush taqozosi bilan turli xizmat ko‘rsatish shahobchalari yoki davlat idoralariga ishimiz tushadi. Bu yerda esa aksariyat vaqt navbat kutish yoki qog‘oz to‘ldirish bilan o‘tadi. Odatda birinchi tashrif jarayoni ma’lumot olish va savollarimizga oydinlik kiritishdan iborat. Ishni bitirish uchun yana alohida vaqt ajratish zarur bo‘ladi. Bugungi tezkor zamonda esa vaqt juda ham oz. Yangi asr axborot texnologiyalari insonga ko‘chaga chiqmasdan turib jamiyatning turli jabhalari uchun qo‘l telefoni yordamida to‘lovni amalga oshirish. Bank xizmatlaridan foydalanish imkonini bermoqda. Bu qulayliklarni umumiy qilib davlat boshqaruvini yangicha usulda amalga oshirish - “elektron hukumat” tizimi deb jahonda e’tirof qilinmoqda. Bugungi kunda elektron murojaatlarimizning e’tibordan chetda qolmasligiga kafolat bormi? Bu yil “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi asosida elektron hukumat tizimi doirasida qanday ishlar amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bir qancha savollarga quyida javob topishga harakat qildik.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qonun himoyasida

06 oktyabr 2015 y.    11:43
Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida iqtisodiyotimizda xususiy sektorning roli tobora ortib bormoqda. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, 2014- yil yakunlari ko‘ra O‘zbekiston biznesni yuritish sharoiti bo‘yicha dunyoda olib borilgan reytingda 8 pog‘onaga, soliqqa tortish borasida esa 61 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining bahosiga ko‘ra, mamlakatimiz ushbu yillarda biznes yuritishni yengillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar bo‘yicha yetakchi o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi.

Toshkent shahar hokimiyatida AKT bo'yicha qilingan ishlar sarhisobi

21 sentyabr 2015 y.    15:49
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston hududida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini shiddat bilan rivojlanishi va “elektron hukumat” tizimini joriy etish, shu bilan birgalikda hayotga tatbiq etish ishlari jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanilishi mamlakatda iqtisodiyotning o‘sishi hamda ijtimoiy muammolarni hal etilishiga umid bog‘lamoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bugungi kunda ilm-fanning taraqqiy topishiga, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida o‘sishni hamda davlat organlari ish faoliyati samarasini oshishi va ularning jamiyat bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi.
Bu borada Toshkent shahar hokimiyati tomonidan olib borilayotgan ishlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, sezilarli o‘zgarish va yutuqlarga erishilayotgani quvonarli hol, albatta
Новости 7 - 12 of 40
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech