Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
09 iyun 2016 y.    16:39

"Elektron hukumat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini amalda tatbiq etish doirasida 2016 yilning 2 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida"gi qarorni qabul qilindi. Hujjatda davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish jarayonida ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish, aholi va biznes vakillaridan talab qilinadigan hujjat va so‘rovlarni qisqartirish, xizmat ko‘sratish jarayonini soddalashtirish, shuningdek davlat organlari hujjatlarini yagona shaklga keltirish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish tartibi bir necha bosqichdan iborat. Avvaliga aholi va biznes vakillariga ko‘rsatiladigan, talab yuqori bo‘lgan xizmatlar tahlilllar asosida aniqlab olinib, samarali xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘siqlar o‘rganiladi.

Shundan so‘ng elektron xizmatlarni ko‘rsatishning eng maqbul usuli ishlab chiqilib, so‘ng qonunchilik doirasida jamoatchilik va ekspertlar fikr-mulohazasi asosida takomillashtiriladi.

Ayni paytda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning qoshidagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki, xalqaro ekspertlar bilan birgalikda bir qancha davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish yuzasidan hamkorlik olib bormoqda.

a64c883cd21f12d3ad9e6c8919eba98c.jpg
Faylni yuklab olish
Размер: 135.76 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech