Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasiga kelishish uchun rahbariyat va hukumat darajasida qabul qilinayotgan va vazirlik, idoralar tomonidan taqdim etilgan me’yoriy-huquqiy aktlar loyihalari har tomonlama o’rganib chiqildi. Shu jumladan muassasalararo ishchi guruhiga ko’rib chiqish uchun taqdim etilgan “Elektron hukumat to’g’risidagi” Qonun, “Elektron tijorat to’grisidagi” Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlarining ”Yagona oyna” tamoyilida taqdim etilishida qatnashuvchi markazlarning faoliyatini tashkillashtirish” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan Internet tizimi orqali o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi VM Qarori va boshqalar ham atroflicha o’rganib chiqilidi.

Davlat organlari faoliyatining funksional va operatsion jarayonlarini tizimli asosda qayta tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes jarayonlarini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Sizga ma’lum bo’lganidek, elektron hukumatning yaratilishi tadbirkorlik subyektlari va aholiga vaqt va mablag’ni tejagan holda sifatli davlat xizmatlarini ko’rsatish imkonini beradi.

Hozirgi holatga kelib, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri yo‘lovchi transporti ishini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, «8-Avtosaroy» OAJ ish jarayonini maqsadli o‘rganish o‘tkazildi. Ish jarayonlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar bilan Axborot-tahliliy ma’lumotnoma taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ushbu hujjatni «Toshshahartransxizmat» tizimidagi boshqa avtoparklarida hisobga olish uchun va xulosalar hamda tavsiyalaridan amaliy foydalanishni tavsiya etdi.

Shu bilan birga Markaz xodimlari tomonidan AKT ni rivojlantirish va Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) va «Toshkent-tovar» (TIY tovar posti) tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida eksportni bojxona rasmiylashtirish amallarini maqsadli o‘rganish o‘tkazildi.

Bundan tashqari, hozirga kelib, Markaz tomonidan «Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» xodimlari bilan hamkorlikda ko‘chmas mulkka huquqlar o‘zgarishini davlat ro‘yxati xizmatlari operatsion jarayonlarini o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish ishlari yakunlandi va «O‘zbekenergo» DAK hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda yer uchastkalari berish, qurilishga ruxsat berish hamda elektr quvvati ta’minoti obyektlariga ulanish masalalarini o‘rganish davom ettirilmoqda.

Davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holati va rivojlantirilishini tizimli monitoring qilish doirasida, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi Qarorining bajarilishi yo‘lida yilning 1-choragi bo‘yicha 123ta ixtisoslashtirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimi bo‘limlari hamda mahalliy hukumat organlarida davlat hokimiyati axborot faoliyatini joriy etish va rivojlantirish holatini baholash o‘tkazilib, unda axborot tizimlari va resurslarini joriy etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimining joriy etilishi o‘rganildi.

Elektron hukumat arxitekturasini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va axborot tizimlari ekspertizasini o‘tkazish yo‘nalishi bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Markazga kelishuv bo‘yicha texnik loyihalar, texnik topshiriqlar, TIA va OTIH, konsepsiyalar va takliflar kelib tushadi, xodimlar tomonidan ularning ekspertizasi o‘tkaziladi va ular bo‘yicha ko‘rsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi. Ular orasida EHAT «E-hujjat» versiyasini yaratish, mobil qurilmalarda «E-XAT» dan foydalanish uchun; yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha «Newjob» hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi kabi va ko‘plab boshqa loyihalarni ko‘rsatish mumkin.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Prezident Qaror va Farmonlari, hukumat qarorlari, Respublika komissiya bayonlari ijrochisi hisoblanib, quyida ulardan asosiylari keltiriladi:

  • 2013 yil 27-iyundagi PQ-1989-son Prezident Qarori va Respublika komissiyasinig №2-sonli protokolini bajarish yuzasidan Markaz – telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va kommunikatsion infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha 22 ta davlat buyurtmasi hamda kompleks axborot tizimlarini va elektron hukumat ma’lumotlar bazasini yaratish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi organ sanaladi.
  • 2014 yil 3-apreldagi PQ-№2158-son Prezident Qarorining bajarilishi yuzasidan Markaz 37 korxonaga taaluqli umumiy bahosi 336 milliard so’mni tashkil qiluvchi 86 ustuvor loyihalarning muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi. Ushbu loyihalar iqtisodning real sektorida AKTning jadal rivojlanishi, dasturiy mahsulotlarning keng tadbiq qilinishiga yo’naltirilgan bo’lib, ushbu amallar boshqaruv samaradorligini oshirishga, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, yirik korxona va xo’jalik birlashmalaridagi moliyaviy-xo’jalik faoliyatida oshkoralikni, hamda ularning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
  • 2014 yil 7-apreldagi PF-№4609-son “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” Prezident Farmoni, hamda 2014 yil 15-apreldagi PQ-№2164-son “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” Prezident Qarorining ijrosi yuzasidan Markazning vazirliklar, davlat qo’mitalari, muassasa va tashkilotlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlari uchun interaktiv xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tadbiq etilayapti. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni berish mexanizmlarini yanada soddalashtirish va arzonlashtirish, shuningdek tadbirkorlikka ko’proq erkinlik berishdan iborat.

Qo‘shimcha qilib, bugungi kunda elektron hukumat tizimining samarali elementlari sifatida 20dan ortiq loyihalar amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Shu jumladan: Tashkilotlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida elektron-axborot o‘zaro munosabatlari infratuzilmasi tizimini tashkil etuvchi elementi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali - www.gov.uz har qanday fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili O‘zbekiston davlat hokimiyati barcha elementlari bo‘yicha to‘la axborot olishi hamda bevosita gov.uz portali orqali elektron ko‘rinishda davlat hokimiyatining u yoki bu organiga rasmiy so‘rovnoma jo‘natishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur portalda asosiy davlat interfaol xizmatlari to‘la reyestri berilgan.

Internet tarmog‘ida my.gov.uz manzilida «yagona oyna» rejimida davlat interfaol xizmatlari Yagona portalining ishga tushirilishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Ushbu portal 2013-yil 14-fevralda davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq, «Obod turmush yili» Davlat dasturiga asosan va 2012-yil 30-dekabrda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda, Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 378-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Davlat interfaol xizmatlari yagona portali fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanib, u turli xususiyatdagi hayotiy muammolarni hal etish imkonini beradi. Turli masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlariga murojaatlar eng ommaviy xizmatlardan biri hisoblanadi. Ommaviy xizmatlardan biri turli masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlariga murojaat etish bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda uy-joy-kommunal xizmatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘plab savollar bilan murojaat etadilar. Bugungi kunda yagona portal orqali 20tadan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 300dan ortiq interaktiv xizmat ko‘rsatiladi. Ular orasida, jumladan, statsionar telefon aloqasi xizmatlariga ulanish va yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun internet, soliqlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish, telekommunikatsiyalar va boshqa sohalar bo‘yicha litsenziyalar olish kabi xizmatlar avtomatik rejimda taqdim etiladi.

Bundan tashqari, 2014-yil 25-yanvar kunidan boshlab portal orqali tadbirkorlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga o‘z murojaatlarini jo‘nata olish imkoniga ega bo‘ldilar. Yangi xizmat turli talabnomalarni ko‘rib chiqish muddatini asoslanmagan tarzda cho‘zish, kreditlar yoki yer uchastkalari ajratilishi tartibining buzilishi, xususiy tekshiruvlar va moliya-xo‘jalik faoliyatiga boshqa noqonuniy aralashuvlar, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun subyektiv omillar va byurokratik to‘siqlar kabi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan.

Shu bilan birga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali onlayn rejimida «O‘zbektelekom» AK taqdim etadigan telekommunikatsiya xizmatlariga so‘mli onlayn plastik kartochkalaridan foydalanib to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi. Yaqin kunlarda esa «O‘zbekenergo» DAK xizmatlariga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha xizmat ishga tushadi. Shuningdek, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda davlat bojlari va boshqa yig‘imlar onlayn-to‘lov masalalari qayta ishlanmoqda. Bulardan tashqari, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, elektron hukumat sohasida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‘tkazish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida axborot tizimlarini joriy etish, jumladan, «elektron ta’lim», «elektron sog‘liqni saqlash», «elektron soliq solish», «elektron bojxona» va boshqalar ko‘zda tutilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech