Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 13.05.2016 y.
Muddat: gacha: 17:00   23.05.2016 y.
Ko'rishlar: 806
Xaridor: O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Arizalar: 0

Tashkilotlar va korxonalar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi

2016 yil davlat buyurtmasi doirasida loyihalarini amalga oshirish bo’yicha

 

TANLOV SAVDOLARI

O’TKAZILISHINI E’LON QILADI

 

1. Tanlov savdolarini loyihalari, maksimal qiymati va amalga oshirilish muddati:

Loyiha nomi: O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari kadrlarini boshqarishni avtomatlashtirish bo'yicha “Kadrlar siyosati” axborot tizimlarini yaratish.

Loyihaning maksimal qiymati – 135,0 mln. so’m.

Loyihaning amalga oshirish muddati – 180 kalendar kun.

 

Loyiha nomi: Adliya-2” axborotlar tizimlar majmuasi yaratish bo’yicha loyhaoldi tadqiqotlarni olib borish, texnik-loyihaviy xujjatlarini ishlab chiqish.

Loyihaning maksimal qiymati – 200,0 mln. so’m

Loyihaning amalga oshirish muddati – 150 kalendar kun.

 

Tanlovda ishtorok etuvchilarga quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

-         tanlov savdolarini o’tkazish to’g’risida e'lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga
6 oydan kam bo’lmagan (“Adliya-2” loyihasi bo’yicha);

-         tanlov savdolarini o’tkazish to’g’risida e'lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga
1 yildan kam bo’lmagan (“Kadrlar siyosati” loyihasi bo’yicha);

-  O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan shartnomalarni imzolash huquqiga ega bo’lgan yuridik shaxslar;

-  qayta tashkil etilish, bankrotlik yoki tugatish holatida va buyurtmachi bilan sud yoki xakamlik sudi jarayonida bo’lmagan;

-  oxirgi choraklik hisoboti natijasi bo’yicha soliq va boshqa to’lovlardan qarzdorligi mavjud bo’lmagan;

-  2015 yil bo’yicha umumiy savdo aylanmasi, ko’rsatgan yillik o’rtacha ish/hizmat hajmi loyihaning qiymatidan kam bo’lmagan;

-         tanlov takliflarini belgilangan vaqtda taqdim etgan.

2. Tanlov ochiq turda o’tkazilib, unda talab etilgan ishlarni bajara olish imkoniyatiga ega bo’lgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik maqomga ega bo’lgan barcha korxona va tashkilotlar hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida tender savdolarida ishtirok etishi taqiqlanmagan yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

3. Ishchi organ - “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi

Manzil: Toshkent sh, 100015, Oybek ko‘chasi, 30.

Telefon (998 71) 252-43-22, 252-50-26. E-mail: tender@egov.uz.

4. To'lov shartlari Tanlov hujjatlarida ko'rsatilgan.

5. Tanlov hujjatlarining narxi har bir loyiha bo’yicha alohida – 300 ming. so’m.

 Tanlov hujjatlari uchun uchinchi shaxs tomonidan pul to’lovining amalga oshirilishi taqiqlanadi. Tanlov hujjatlarini olish bo’yicha yuqorida ko'rsatilgan manzil bo'yicha tender komissiyasining ishchi organiga murojaat etish mumkin.

6. Tanlov takliflari Ishchi organga (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) yuqorida ko’rsatilgan manzil bo’yicha 2016 yil 23 may soat 17-00 dan kechikmasdan taqdim etilishi lozim.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech