Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 13.05.2016 y.
Muddat: gacha: 17:00   07.06.2016 y.
Ko'rishlar: 1004
Xaridor: O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Arizalar: 0

 

Tashkilotlar va korxonalar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi

2016 yil davlat buyurtmasi doirasida loyihalarini amalga oshirish bo’yicha

TENDER SAVDOLARI

O’TKAZILISHINI E’LON QILADI

 

1. Tender savdolarini sohasi, maksimal qiymati va lotlarning amalga oshirilish muddati:

1-Lot. Savdo sanoat palatasining loyihasi - “Bir darcha” markazi va ariza beruvchilar o’rtasida o’zaro aloqalarni boshqarish hamda davlat bojlari va yig’imlarini, davlat xizmatlari uchun to’lovlarni hisobga olish axborot tizimini yaratish”.

 Loyihaning maksimal qiymati - 1,8 mlrd. so’m.

Loyihaning amalga oshirish muddati – 214 kalendar kun.

2-Lot. “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini indetifikatsiyalash Yagona axborot tizimini joriy qilish (1-bosqich)

Loyihaning maksimal qiymati -1,1 mlrd.so’m.

Loyihaning amalga oshirish muddati – 214 kalendar kun.

3-Lot. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida lokal tarmoqni loyihalash va montaj ishlarini bajarish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti quyi bo'linmalari bilan birga.

Loyihaning maksimal qiymati - 1,4 mlrd.so’m.

Loyihaning amalga oshirish muddati – 270 kalendar kun.

4-Lot. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyati axborot tahlil va nazorat qilishni avtomatlashtirish bo'yicha “Qonun ijrosini nazorat qilish” axborot tizimini yaratish.
Loyihaning maksimal qiymati – 550,0 mln.so’m.

Loyihani amalga oshirish muddati – 180 kalendar kun.

5-Lot. Jinoyat, xo'jalik va fuqarolik sudlari tomonidan qo'zg'atilgan ishlarni ko'rib chiqish, sud qarorlarining ijrosini va qamoqqa olinganlarni ushlab turishda Prokuror vakolatlarini ta'minlash bo'yicha axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Loyihaning maksimal qiymati – 535,0 mln.so’m.

Loyihani amalga oshirish muddati – 180 kalendar kun.

6-Lot. O'zbekiston  Respublikasi prokuratura organlarida ish yuritish va hujjatlarning ijrosini nazorat qilish аvtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

Loyihaning maksimal qiymati – 380,0 mln.so’m.

Loyihani amalga oshirish muddati – 180 kalendar kun.

2. Tender ochiq turda o’tkaziladi.

3. Tender savdolari ochiq turda o’tkazilib, unda talab etilgan ishlarni bajara olish imkoniyatiga ega bo’lgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik maqomga ega bo’lgan barcha korxona va tashkilotlar hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida tender savdolarida ishtirok etishi taqiqlanmagan yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

4. Tender komissiyasining ishchi organi

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Manzil: Toshkent sh, 100015, Oybek ko‘chasi, 30. Telefon (998 71) 252-43-22. E-mail: tender@egov.uz.

5. Loyihalar uchun to'lov shartlari tender hujjatlarida ko'rsatilgan.

6. Malakali tanlov tender savdolari boshlangunga qadar Tender komissiyasi tomonidan otkaziladi.

Tender savdolarida quyidagi hollarda ishtirok etishlariga y’ol qo’yilmaydi (barcha lotlar uchun):

- malakali tanlov hujjatlarini belgilangan vaqtda topshirmaganlar;

- qayta tashkil etilish, tugatilish yoki bankrotlik holatida bo’lgan korxonalar;

-buyurtmachi bilan oldingi imzolangan shartnomalarga muvofiq majburiyatlarga rioya qilmaganlar;

- buyrutmachi bilan sudda ishi ko’rilayotgan yoki xakamlik sudi jaryonida  bo’lganlar;

- zakalat (tender taklifi kafolati) mablag’ini Ishchi organ (xizmat ko’rsatayotgan bank xisoboti asosida ishchi organning bugalteriya ma’lumotlariga ko’ra) hisobiga belgilangan vaqtda o’tkazmaganlar;

- kartoteka K-2 bo’yicha qarzdorligi mavjud bo’lganlar;

- tender takliflarini belgilangan vaqtdan kechikkan holda taqdim etganlar.

1-Lot bo’yicha

- buyurtmachi va Axborot texnologiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivojlantirish varizligi bilan, “Elektron hukumat” tizimi loyihalari va davlat buyurtmasi doirasida tender savdolari asosida amalga oshirilgan yoki amalga oshirilayotgan boshqa buyurtmachilar bilan imzolangan shartnomalarga muvofiq majburiyatlarga rioya qilmaganlar.

- tender savdolarini o’tkazish haqida e'lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga 6 oydan kam bo’lgan.

- oxirgi ikki yil davomida umumiy savdo aylanmasi 800,0 mln so’mdan kam bo’lgan.

- tadbirkorlik sub’yektlariga ATKni qo’llash yo’li bilan davlat xizmatlarini ko’rsatishni takomillashtirishda hamda billing va elektron to’lov tizimlariga ariza beruvchilar bilan o’zaro aloqa boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etishda tajribaga ega bo’lmagan.

- buyurtmachi hamda Axborot texnologiyalari  va kоmmunikatsiyalarini rivojlantirish varizligi va boshqa buyurtmachilar bilan  davlat buyurtmasi doirasida amalga oshirilgan yoki amalga oshirilayotgan "Elektron hukumat" tizimi loyihalari bo'yicha sud yoki xakamlik sudi jaryonida bo’lgan korxonalar ishtirok eta olishmaydi.

2-Lot bo’yicha

- tender savdolarini o’tkazish to’g’risida e'lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga 6 oydan kam bo’lgan;

-  oxirgi yil davomida umumiy savdo aylanmasi 1 100,0 mln so’mdan kam bo’lgan;

- identifikatsion tizimlarini ishlab chiqish va ularnign yechimi, shuningdek,  identifikatsion smart-kartalar asosida axborot tizimlarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo’lmagan korxonalar ishtirok eta olishmaydi.

3-Lot bo’yicha

- tender savdolarini o’tkazish haqida e'lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga 3 yildan kam bo’lgan;

- oxirgi ikki yil davomida umumiy savdo aylanmasi, o’rtacha ish\hizmat hajmi 1 400,0 mln so’mdan kam bo’lgan;

- Mahalliy (lokal) tarmoqlarini montaj qilish va loyihalash tajribasiga ega bo’lmagan;

- Mahalliy (lokal) tarmoqlarni montaj qilish va loyihalash ishlarini amalga oshirishga ruxsat etuvchi tegishli hujjatni taqdim etmagan korxonalar ishtirok eta olishmaydi.

4,5,6-Lotlar bo’yicha

-tender savdolarini o’tkazish haqida e'lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga 1yildan kam bo’lgan;

- Oxirgi ikki yil korxonaning umumiy savdo aylanmasi, ko’rsatgan yillik o’rtacha ish/hizmat hajmi Lot qiymatidan kam bo’lgan;

-Ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlar yaratish va joriy etish hamda portal yechimlari bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lmagan korxonalar ishtirok eta olishmaydi.

7. Tender takliflarni kafolatlovchi zakalat (zadatok) miqdori – loyiha ning (lot)ning eng yuqori maksimal qiymatining 1,0 foizini  tashkil etadi.

8. Tender hujjatlarining narxi har bir Lot bo’yicha alohida – 1,0 mln. so’m

Tender hujjatlari uchun uchinchi shaxs tomonidan pul to’lovining amalga oshirilishi taqiqlanadi. Tender hujjatlarini sotib olish bo’yicha yuqorida ko'rsatilgan manzil bo'yicha tender komissiyasining ishchi organiga murojaat etish mumkin.

9. Tender takliflari Ishchi organga yuqorida ko’rsatilgan manzil bo’yicha 2016 yil 7 iyun soat 17-00 dan kechikmasdan taqdim etilishi lozim.

 


Faylni yuklab olish
Размер: 21.45 KB

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech