Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 11.03.2017 y.
Muddat: gacha: 17:00   27.03.2017 y.
Ko'rishlar: 916
Arizalar: 0

 

1. Loyiha nomi: Ijtimoiy xizmatlar va yordam oluvchi nogironlar va qariyalarni xisobini yuritish, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida interaktiv davlat xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha Idoralaro axborot tizimini yaratish (1-bosqich)

2. Loyihaning maksimal qiymati260,0 mln. soʻm.

3. Loyihaning amalga oshirish muddati – 245 kalendar kun.

4. Tanlov ochiq turda oʻtkazilib, unda talab etilgan ishlarni bajara olish imkoniyatiga ega boʻlgan, mulkchilik shaklidan qatiy nazar, yuridik maqomga ega boʻlgan barcha korxona va tashkilotlar, hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida tanlov savdolarida ishtirok etishi taqiqlanmagan yuridik shaxslar hamda tanlov hujjatlarini sotib olgan korxonalar ishtirok etishlari mumkin.

5. Ishchi organ - “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi

Manzil: Toshkent sh, 100015, Oybek koʻchasi, 30.

Telefon (998 71) 252-43-22, 252-50-26. E-mail: tender@egov.uz.

 

Konkurs savdolarida ishtirok etish uchun korxonalarga quyidagi talablar belgilangan:

 

  • Korxona tanlov savdosi e’lon qilingan kunga qadar tashkil etilganiga 3 yildan kam boʻlmagan boʻlishi kerak;
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shartnomalar va bitimlar imzolash vakolatiga ega boʻlgan korxona boʻlishi kerak;
  • Korxona qayta tashkil etish tugatilish yoki bankrotlik yoki mijoz bilan sud yoki hakamlik sudi jarayonida boʻlmasligi kerak;
  • Korxonaning soliq oldida qarzi mavjud emasligi;
  • Korxona 2016-yil davomida umumiy savdo aylanmasi, koʻrsatilgan ish/xizmatlar oʻrtacha hajmi 260,0 mln soʻmdan (tushumlar) kam boʻlmasligi kerak;
  • Korxona ijtimoiy muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash, moliya yoki boshqaruv sohalaridan hech boʻlmaganda bittasi boʻyicha axborot tizimlar uchun loyihaviy xujjatlarini ishlab chiqishda kamida 3 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • Korxona 2014-2016 yillar davomida ijtimoiy muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash, moliya yoki boshqaruv sohalari boʻyicha integratsiya qilinadigan axborot tizimlar yaratishda loyihaviy xujjatlarni ishlab chiqishga doir kamida 3 ta muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalarga ega boʻlishi kerak;
  • Korxona buyurtmachi bilan avval imzolangan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini toʻliq toʻgʻri bajargan boʻlishi kerak;
  • Korxona shartnoma majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarilishini taʻminlash uchun, axborot texnologiyalari sohasida yirik loyihalarni amalga oshirishda yetarli resurslarga ega boʻlishi va loyihalarni boshqarish tajribasiga ega boʻlishi kerak;
  • Korxona tomonidan amalga oshirilgan loyihalar buyurtmachilari va loyiha uchun masʻul xodimlar hamda ular toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotlar (telefon raqami va manzili) shuningdek loyiha foydalanuvchilarining soni toʻgʻrisida ma’lumot taqdim etish;
  • Korxona oʻz sifat menejmenti tizimi faoliyatida foydalanish boʻyicha ma’lumotlarni va hujjatlashtirilgan yondashuv jarayoni asosida ma’lumotlar taqdim etishi kerak;
  • Korxona foydalanuvchilarni oʻqitish va axborot tizimlarini ishlab chiqish boʻyicha tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • Korxona ishlab chiqilgan axborot tizimilari boʻyicha oʻqitish uchun oʻquv qoʻllanmalari va interaktiv kurslar yaratish boʻyicha tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • Buyurtma doirasida barcha ishlab chiqiladigan loyihaviy hujjatlar rus tilida taqdim etiladi;
  • Korxona shartnomani amalga oshirishda ishtirok etadigan malakali mutaxassislar roʻyhatini (asosiy xodimlar roʻyhatidan), shu bilan birga guruh rahbari bilan birgalikda, tanlov taklifiga ilova qilgan xolda (mavzu sohasida xalqaro sertifikat mavjud boʻlgan holda) taqdim etilishi kerak. Imzolanadigan shartnomani bajarish davomida dastlabki roʻyxatda koʻrsatilgan xodimlar (mutaxassislar) faqat buyurtmachi bilan kelishgan holda almashtirilishi mumkin;
  • Korxona tanlov savdolarida ishtirok etish uchun barcha talab etilgan hujjatlarni belgilangan vaqtdan kechikmagan holda  taqdim etishlari kerak.


6. Toʻlov shartlari Tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan.

7. Tanlov hujjatining narxi – 1 mln. soʻm.

Tanlov hujjatlarini sotib olish boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan manzilga tanlov komissiyasining ishchi organiga murojaat etish mumkin.

Tanlov hujjatlarini olish uchun uchinchi shaxs tomonidan pul toʻlovining amalga oshirilishi taqiqlanadi.

Ushbu loyiha boʻyicha tanlov hujjatlarini oldin sotib olgan korxonalarga tanlov hujjatlarini qayta-sotib olishlari talab etilmaydi.

 

8. Tanlov takliflari Ishchi organga (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha
2017 yil 2
7 mart soat 17-00 dan kechikmasdan taqdim etilishi kerak.












pdf.png


Faylni yuklab olish
Размер: 202.82 KB

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech