Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 17.08.2015 y.
Muddat: gacha: 11:51   14.09.2015 y.
Ko'rishlar: 1087
Xaridor: O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Arizalar: 0

Tashkilotlar va korxonalar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi

2015-2016 yillar davlat buyurtmasi doirasida

“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish bo’yicha

QUYIDAGI LOT BO’YICHA TENDER SAVDOSI

O’TKAZILISHINI E’LON QILADI

 

4-lot Litsenziyalash va ruxsat berish soxasida interaktiv xizmatlarini taqdim etish uchun “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini yaratish.

Tender savdolari ochiq turda o’tkazilib, unda talab etilgan ishlarni bajara olish imkoniyatiga ega bo’lgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik maqomga ega bo’lgan barcha korxona va tashkilotlar hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida tender savdolarida ishtirok etishi taqiqlanmagan yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Tender komissiyasining ishchi organi: 

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, 

Manzil: Toshkent sh, 100015, Oybek ko‘chasi, 30 .

Telefon ( 998 71) 252-50-16, 252-50-26.

E-mail: tender@egov.uz.

Loyihaning eng yuqori qiymati (maksimal narxi): 465,6 mln. so’m

Loyihani amalga oshirish muddati: shartnoma imzolangan kundan boshlab 348-kalendar kun.

Malakali tanlov tender savdosi boshlangunga qadar qadar Tender komissiyasi tomonidan o’tkaziladi.

Takliflarni kafolatlovchi zaklat (zadatok) miqdori: loyihaning maksimal narxidan 2 foizni  tashkil etadi, yoki shu miqdorga teng bank kafolati taqdim etish mumkin.

Tender hujjatining narxi: 500 000 so’m

Tender hujjatlarini sotib olish istagida bo’lgan talabgorlar tender komissiyasining ishchi organiga murojaat etishlari mumkin.

Tender hujjatlari uchun uchinchi shaxs tomonidan to’lov amalga oshirilishi taqiqlanadi. Tender takliflari Ishchi organga (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) yuqorida ko’rsatilgan manzil bo’yicha 2015 yil 14 sentabr soat 17:00 dan kechikmasdan taqdim etilishi lozim.

 


Faylni yuklab olish
Размер: 14.09 KB

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech