Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 30.05.2016 y.
Muddat: gacha: 17:00   28.06.2016 y.
Ko'rishlar: 996
Arizalar: 0

Tashkilotlar va korxonalar diqqatiga!

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

 AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

“O’ZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI BILAN XAMKORLIKDA 2016 YIL DAVLAT BUYURTMASI DOIRASIDA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH BO'YICHA

 

TENDER SAVDOLARI O'TKAZILISHINI E'LON QILADI

 

1. Tender savdosining sohasi:

7-Lot. “Kommunal” axborot tizimlar maujmuini yaratishda respublikadagi kommunal soha korxonalarida joriy etilayotgan barcha billing dasturlarini “Elektron hukumat” tizimi bilan bog'lashni ta'minlash bo'yicha texnik talablarni inobatga olgan holda kontseptsiya va texnik-loyihaviy hujatlarni ishlab chiqish”.  

 

2. Tender ochiq turda o'tkaziladi.

3. Tender savdolari ochiq turda o'tkazilib, unda talab etilgan ishlarni bajara olish imkoniyatiga ega bo'lgan, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, yuridik maqomga ega bo'lgan barcha korxona va tashkilotlar hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida tender savdolarida ishtirok etishi taqiqlanmagan yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

4. Tender komissiyasining ishchi organi  

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi. Manzil: Toshkent sh, 100015, Oybek ko'chasi, 30. Telefon (998 71) 252-43-22, 252-50-26.

E-mail: tender@egov.uz.

5. Loyihaning maksimal narxi - 300,0 mln.so'm

6. Loyiha uchun to'lov shartlari tender hujjatida ko'rsatilgan.

7. Loyixani amalga oshirish muddati – 150 kalendar kun.

8. Malakali tanlov tender savdolari boshlangunga qadar Tender komissiyasi tomonidan o'tkaziladi.   

Tender savdolarida quyidagi hollarda ishtirok etishga yo'l qo'yilmaydi:

- malakali tanlov hujjatlarini belgilangan vaqtda topshirmaganlar;

- qayta tashkil etilish, tugatilish yoki bankrotlik holatida bo'lgan korxonalar;

- buyurtmachi bilan avvalgi imzolangan shartnomalar majburiyatlariga rioya qilmaganlar; - 2015 yil davomida umumiy savdo aylanmasi 300,0 mln.sumdan kam bo'lganlar;

- AKT sohasida texnik-loyihaviy hujatlarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo'lmaganlar;

- buyurtmachi bilan sudda ishi ko'rilayotgan yoki xakamlik sudi jaryonida bo'lganlar;

- zakalat (tender taklifi kafolati) mablag'ini Ishchi organ (xizmat ko'rsatayotgan bank xisoboti asosida ishchi organning bugalteriya ma'lumotlariga ko'ra) hisobiga belgilangan vaqtda o'tkazmaganlar;

- kartoteka K-2 bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lganlar;

- tender takliflarini belgilangan vaqtdan kechikkan holda taqdim etganlar.

9. Tender takliflarni kafolatlovchi zakalat (zadatok) miqdori loyihaning (lot) eng yuqori maksimal qiymatining 1 foizini tashkil etadi.

10. Tender hujjatning narxi – 500,0 ming. so'm  

Tender hujjati uchun uchinchi shaxs tomonidan pul to'lovining amalga oshirilishi taqiqlanadi. Tender hujjatlarini sotib olish uchun yuqorida ko'rsatilgan manzil bo'yicha tender komissiyasining ishchi organiga murojaat etish mumkin.

11. Tender takliflari Ishchi organga (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) yuqorida ko'rsatilgan manzil bo'yicha 2016 yil 28 iyun soat 17-00 gacha taqdim etilishi lozim.


Faylni yuklab olish
Размер: 204.64 KB

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech